Tarkibga o'tish

Sharhlar

Mijozlar shamCRM’da qanday ishlashlarini aytadi

Archa

Qurilish va rivojlantirish

shamCRM kompaniyaning asosiy loyihalari — Archa, Silkcoat, «Temurmalik» turar-joy majmuasi va Archa Kids bolalar bog‘chasi bo‘yicha potensial mijozlar bilan tizimli va o‘z vaqtida ishlash imkonini beradi. Barcha murojaatlar va loyihalar yagona tizimda, bu potensial mijozlarni yo‘qotmaslik va muloqotning har bir bosqichini nazorat qilishga yordam beradi.

Sugdian Cargo Dubai

Logistika va kargo

shamCRM bilan biz mijozlar bilan ishni tizimlashtirdik va barcha bitimlarni bitta joyda nazorat qilamiz. Bitim holati o‘zgarganda mijoz yuk haqidagi dolzarb ma’lumot bilan SMS olishi ayniqsa qulay. Bu mijozlar qo‘ng‘iroqlarini kamaytirdi va menejerlar ishini soddalashtirdi.

Somonleads

marketing agentligi

Avval ayrim murojaatlar va yozishmalarni qo‘lda kuzatib borishga to‘g‘ri kelardi, shu sababli mijoz qaysi bosqichda ekanini har doim ham tushunish oson emasdi. shamCRM’ga o‘tganimizdan keyin ancha qulay bo‘ldi — barcha lidlar bir joyda, menejerlar kim bilan bog‘lanish va keyin nima qilish kerakligini bilib turishadi. Bu bizning mijozlar bilan kundalik ishlashimizni ancha yengillashtirdi.

Maxima Clinics

Tibbiyot markazi

Biz shamCRM’dan bemor murojaatlari va xizmatlarga yozilish uchun foydalanamiz. Endi mijoz va uning murojaatlari haqidagi barcha ma’lumot bitta joyda, xodimlar turli manbalardan qidirishi shart emas. Bu administratorning kundalik ishini sezilarli soddalashtirdi.

Paradise Wall

Ko‘chmas mulk agentligi

shamCRM yordamida menejerlar har bir mijoz va bitim qaysi bosqichda ekanini ko‘rishadi, rahbarga esa jamoa ishini nazorat qilish ancha osonlashdi. Natijada mijozlar bilan ishlash jarayonini tizimlashtirdik va bitimlarni tezroq qayta ishlay boshladik.

Aziza Tursunova

Savdo menejeri, Safir klinikasi

shamCRM joriy etilgach ishimiz ancha osonlashdi. Biz bemorlar bazasini yaratish, ma’lumotni tahlil qilish va onlayn savdo loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Natijada bemorlardan fikr olish, muzokaralar jarayonini nazorat qilish va bemorlarni hisobga olishga ketgan vaqtni kuzatish imkoni paydo bo‘ldi. Tavsiya qilamiz!

Paritex

Kiyim do‘koni

Biz allaqachon shamCRM’da ombor hisobi bilan ishlaymiz. Bitta joyda tovar qoldiqlari, kirim va savdoni ko‘rib, omborda nima borligini tushunish qulay. Avval hisobga ko‘proq vaqt ketardi, hozir esa ko‘p jarayonlar ancha oddiy va qulay.

Paymon Group

Ko‘chmas mulk agentligi

shamCRM yordamida ulgurji mijozlar va buyurtmalar bilan ishlash jarayonini tartibga solishga muvaffaq bo‘ldik. Menejerlar har bir mijoz bilan o‘zaro muloqot tarixini ko‘rib chiqishlari hamda avvalgi buyurtmalar haqidagi ma’lumotlarni tezda topishlari mumkin. Bu esa takroriy murojaatlarni qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.

AzimDecore

tantanalar va tadbirlarni bezatish

To‘y mavsumida bir kunda juda ko‘p mijozlardan murojaatlar keladi. Avval ularning hammasini nazorat qilish biroz qiyin edi. shamCRM bilan esa har bir mijoz bo‘yicha kelishuvlar va keyingi ishlarni ko‘rib turishimiz mumkin. Eng muhimi, biror mijozni unutib qo‘yish yoki murojaatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik holatlari ancha kamaydi.

Sabz Clinic

Tibbiyot markazi

Ilgari mijozlar hisobini yuritib, barcha murojaatlarni oddiy daftarlarimizga qayd etardik. Shu sababli muloqot tarixini kuzatish qiyin edi: kim qo‘ng‘iroq qilgani, konsultatsiyada nimalarga kelishilgani va kimga qayta qo‘ng‘iroq qilish kerakligini aniqlash ancha murakkab bo‘lardi. shamCRM joriy etilgach, biz savdo bo‘limi va murojaatlar bilan ishlash jarayonini to‘liq raqamlashtirdik. Endi barcha lidlar bitta tizimda jamlanadi, menejerlar esa bemorning dolzarb holati va barcha yozishmalarini darhol ko‘rishlari mumkin. Qog‘ozbozlikni butunlay unutdik, potensial mijozlarni yo‘qotmay qo‘ydik va ishlash bir necha barobar qulaylashdi.

Novatrans Cargo

Kargo kompaniyasi

Murojaatlar soni ko‘paygach, o‘z vaqtida javob bera olmaganimiz sababli mijozlarni yo‘qota boshladik. shamCRM’ga o‘tganimizdan so‘ng barcha murojaatlar bitta joyda jamlanadigan bo‘ldi, menejerlar esa darhol kim bilan va nima ustida ishlash kerakligini ko‘rishadi. Biz uchun CRM shunchaki dastur emas, balki pul yo‘qotmaslikka yordam beradigan vositaga aylandi.

Foram Mebel

Director

Ilgari Instagram, WhatsApp va Facebook orqali keladigan ko‘plab murojaatlarni qabul qilishga qiynalardik. Ularning barchasini kuzatib borishga ulgurmasdik va ko‘pincha qayta qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘lgan mijozlarni nazardan qochirib qo‘yardik. Ish jarayonida ham chalkashliklar yuzaga kelardi: buyurtma qaysi bosqichda ekanligini — loyihalash, ishlab chiqarish yoki hali boshlanmaganligini — har doim ham aniq bilmasdik, bu esa muddatlarning buzilishiga olib kelardi. shamCRM bu muammolarni hal qildi. Endilikda barcha platformalardan keladigan xabarlar yagona ilovaga jamlanadi va biz mijozlar murojaatlarini o‘tkazib yubormaymiz. Buyurtma holatini aniq kuzatish imkoniyati tufayli har bir buyurtmaning borishini ko‘rib turamiz va mebelni shartnomada kelishilgan muddatda yetkazib beramiz.

Savdoda shunday tartibni xohlaysizmi?

14 kunlik demo ochamiz va Instagram, WhatsApp, Telegram so‘rovlari bitta CRM’ga qanday tushishini ko‘rsatamiz.

Kabinet darhol ochiladi · 14 kun bepul · karta shart emas